O'zbekiston respublikasi prezidentining tashrifi facebook telegram

KCHB haqida

Kimyoviy cho’ktirilgan bo’r (KChB) hozirgi dunyo sanoatida keng qo’llaniladigan xom ashyolardan biri hisoblanadi. Rezinotexnika va elektrotexnika, polimer sanoati, lok-bo’yoq va boshqa sanoat sohalarida ishlab chiqarishni oshirish uchun, avvalambor, ularning asosiy to’ldiruvchi komponenti hisoblangan KChB ni ishlab chiqarishni rivojlantirish muhim omil hisoblanadi.

KChB ni ishlab chiqarish nafaqat Respublikamizda balki Markaziy Osiyoda hali yo’lga qo’yilmagan. Bu mahsulotga ichki talab va qo’shni davlatlardagi ehtiyoj juda yuqori.

Bu mahsulotni ishlab chiqarish orqali bir necha milliy tovarlarimiz sifatini oshirishga hamda tannarxini sezilarli darajada tushirishga erishamiz.


Prezident tashrifi haqida

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, investistiya loyihalari ijrosining borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2 iyun kuni Andijon viloyatiga tashrif buyurdi.

Mamlakatimizning barcha hududlari kabi Andijon viloyati ham izchil rivojlanmoqda. Shahar va qishloqlar qiyofasi o’zgarib, odamlarning turmush farovonligi oshib bormoqda.

Mustaqillik yillarida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida bu erda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Yirik sanoat korxonalari, kommunikastiya tarmoqlari, ijtimoiy ob’ektlar, ko’p qavatli uy-joylar barpo etildi. Andijon shahridagi O’zbekiston, Mustaqillik, Istiqlol, Bobur ko’chalarining zamonaviy qiyofasi viloyatning bugungi taraqqiyoti ifodasidir.

Andijonda sanoat, qishloq xo’jaligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, savdo, xizmat ko’rsatish, san’at, sport kabi sohalar izchil rivojlanmoqda. Joriy yilning birinchi choragida yalpi hududiy mahsulot hajmi 9,5 foiz o’sgan.

Viloyatda besh mingga yaqin sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Mahsulotlarning 95 foizdan ortig’i avtomobilsozlik, engil sanoat, kimyo, neft-kimyo, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida ishlab chiqarilmoqda.

Asaka shahridagi “Jeneral motors O’zbekiston” qo’shma korxonasi bu borada alohida o’ringa ega. Bu zavod mamlakatimizda yangi tarmoq – avtomobilsozlik sanoatiga asos bo’ldi, u bilan bog’liq infratuzilmalar, xizmat sohalari shakllandi. Zavodda ishlab chiqarishni diversifikastiya qilish, eksport geografiyasini kengaytirish ishlari davom ettirilmoqda.

Viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jadal rivojlanmoqda. Ularning safi kengayib, tovar va xizmatlar turi ortib bormoqda. Mehnat bilan band aholining 84 foizi shu sohada faoliyat ko’rsatib, daromad topmoqda.

Jumladan 3 iyun kuni Prezident Sh.Mirziyaevning Andijon viloyati tadbirkorlari bilan uchrashuvi chog’ida «Nayman Mel» XSI MChJ tomonidan ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yilgan “Kimyoviy cho’ktirilgan bo’r” mahsuloti ishlab chiqarish loyixasi taqdimoti bo’lib o’tdi.

“Nayman Mel” MChJ ta’sischisi K.A.Otaxonov Prezident Sh.Mirziyaev bilan bevosita muloqotda bo’ldi. Muloqot chog’ida K.A.Otaxonov loyixa doirasida “Nayman Mel” MChJ tomonidan hozirgacha amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalar bo’yicha batafsil tushuntirib berdi.


Bizning maqsadimiz
"Xalq xo’jaligining yetakchi tarmoqlariga arzon va sifatli, import o’rnini bosuvchi xom-ashyo mahsulotlarini muntazam yetkazib berish. Import tovarlar o’rnini bosuvchi, raqobatbardosh, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va jahon bozorida munosib o’rin egallash. "

Ohirgi yangiliklar

  • Esdalik nishoni
    "O'zbekiston konstitusiyasiga 25 yil" esdalik nishoni
    Dekabr 05, 2017 Ko'proq
  • Press reliz
    "KCHB mahsuloti ishlab chiqaruvchi zavod"
    Oktyabr 23, 2017 Ko'proq
  • Prezident bilan uchrashuv
    "O'zbekiston respublikasi prezidentining tashrifi"
    Iyun 02, 2017 Ko'proq

Tashrif buyuring

Nayman mel
Buloqboshi tumani, Sarbontepa MFY,
Yuksalish ko’chasi
Telefon: (+99895) 202-30-60
Email: contact@naymanmel.com
Website: www.naymanmel.com

Tezkor ulanish
KCHB ning asosiy sohalari
 KCHB ning markalari
 Biz haqimizda
Biz bilan ulaning

© "Naymanmel" MCHJ 2017, Web dizayner: Kodirov Bahodir