Yangiliklar - Nayman Mel MCHJ maqola facebook telegram

KCHB haqida

Kimyoviy cho’ktirilgan bo’r (KChB) hozirgi dunyo sanoatida keng qo’llaniladigan xom ashyolardan biri hisoblanadi. Rezinotexnika va elektrotexnika, polimer sanoati, lok-bo’yoq va boshqa sanoat sohalarida ishlab chiqarishni oshirish uchun, avvalambor, ularning asosiy to’ldiruvchi komponenti hisoblangan KChB ni ishlab chiqarishni rivojlantirish muhim omil hisoblanadi.

KChB ni ishlab chiqarish nafaqat Respublikamizda balki Markaziy Osiyoda hali yo’lga qo’yilmagan. Bu mahsulotga ichki talab va qo’shni davlatlardagi ehtiyoj juda yuqori.

Bu mahsulotni ishlab chiqarish orqali bir necha milliy tovarlarimiz sifatini oshirishga hamda tannarxini sezilarli darajada tushirishga erishamiz.


"Naymanmel" MCHJ maqola

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan qaror va farmonlari ijrosi natijasida tadbirkorlik sohasiga qulay shart-sharoit, keng imkoniyat va imtiyozlar yaratib berilmoqda.

Respublikamizga chet el investistiyasi ishtirokida, yangi zamonaviy innovastion texnologiyalarni jalb qilish asosida yangi ishchi o’rinlarini yaratish, maxalliy xom-ashyolardan eksportbop va import o’rnini bosuvchi maxsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish maqsadida Andijon viloyati Buloqboshi tumani, Sarbontepa MFY hududida «Nayman Mel» XSI MChJ tomonidan Markaziy Osiyoda «yagona» bo’lgan, Xitoy texnologiyasi asosida yiliga 21,0 ming tonna «Kimyoviy cho’ktirilgan bo’r» mahsuloti ishlab chiqaruvchi zavod qurib ishga tushirildi.

Ushbu maxsulotni ishlab chiqarish, xozirda nafaqat Respublikamizda balki Markaziy Osiyoda xam hali yo’lga qo’yilmagan bo’lib, korxonaning ishga tushirish orqali keng tarmoqli sanoat korhonalarining 100 hildan ortiq maxsulotlarga bo’lgan hom ashyo talabi to’liq ta’minlanadi.

Maxsulot 100 foiz maxalliy xom-ashyo – oxaktoshdan olinib, ishlab chiqarish jarayonida xosil bo’luvchi zararli chiqindi gazlar nasoslar orqali so’rib olinib, oxak suvini to’yintirishda foydalaniladi, buning natijasida atrof muxitga xech qanday zarar etkazilmaydi. Texnologik jarayon bir necha bosqichdan iborat bo’lib, maxsulotga qayta va qayta ishlov beriladi, bu esa mahsulotning o’ta sifatli bo’lishini kafolatlaydi.

Ushbu mahsulot chidamliligi, uzoq muddatga ishlashi, pishiqligi, sifati, turli xarorat sharoitlarida jipslikni va elastiklikni oshirishi, qimmat turuvchi kauchukni va boshqa tarkib etuvchilarni o’rnini to’ldirishi, o’ta oqligi, mayda metall zarralari bo’lmaganligi, elastikligi, engil yoyiluvchanligi, bir xil mikron o’lchamdan iboratligi bilan noyob xisoblanib, tejamkorligi bilan tabiiy meldan olti marotaba kam ishlatilishi orqali keskin farq qiladi.


Bizning maqsadimiz
"Xalq xo’jaligining yetakchi tarmoqlariga arzon va sifatli, import o’rnini bosuvchi xom-ashyo mahsulotlarini muntazam yetkazib berish. Import tovarlar o’rnini bosuvchi, raqobatbardosh, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va jahon bozorida munosib o’rin egallash. "

Ohirgi yangiliklar

  • Esdalik nishoni
    "O'zbekiston konstitusiyasiga 25 yil" esdalik nishoni
    Dekabr 05, 2017 Ko'proq
  • Press reliz
    "KCHB mahsuloti ishlab chiqaruvchi zavod"
    Oktyabr 23, 2017 Ko'proq
  • Prezident bilan uchrashuv
    "O'zbekiston respublikasi prezidentining tashrifi"
    Iyun 02, 2017 Ko'proq

Tashrif buyuring

Nayman mel
Buloqboshi tumani, Sarbontepa MFY,
Yuksalish ko’chasi
Telefon: (+99895) 202-30-60
Email: contact@naymanmel.com
Website: www.naymanmel.com

Tezkor ulanish
KCHB ning asosiy sohalari
 KCHB ning markalari
 Biz haqimizda
Biz bilan ulaning

© "Naymanmel" MCHJ 2017, Web dizayner: Kodirov Bahodir