O'zbekiston konstitusiyasiga 25 yil esdalik nishoni facebook telegram

KCHB haqida

Kimyoviy cho’ktirilgan bo’r (KChB) hozirgi dunyo sanoatida keng qo’llaniladigan xom ashyolardan biri hisoblanadi. Rezinotexnika va elektrotexnika, polimer sanoati, lok-bo’yoq va boshqa sanoat sohalarida ishlab chiqarishni oshirish uchun, avvalambor, ularning asosiy to’ldiruvchi komponenti hisoblangan KChB ni ishlab chiqarishni rivojlantirish muhim omil hisoblanadi.

KChB ni ishlab chiqarish nafaqat Respublikamizda balki Markaziy Osiyoda hali yo’lga qo’yilmagan. Bu mahsulotga ichki talab va qo’shni davlatlardagi ehtiyoj juda yuqori.

Bu mahsulotni ishlab chiqarish orqali bir necha milliy tovarlarimiz sifatini oshirishga hamda tannarxini sezilarli darajada tushirishga erishamiz.


Esdalik nishoni

Iste’dodli yoshlar – millat kelajagi, mamlakat tayanchidir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahnamoligida unib-o’sib kelayotgan navqiron avlodning barkamol insonlar bo’lib voyaga etishi, chuqur bilim olishi, hayotda munosib o’rin topishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Yurtimizda iqtidorli, qobiliyatli yoshlarni aniqlash va ularni qo’llab-quvvatlash borasida ko’plab islohotlar amalga oshirilmoqda.

Andijon viloyati Buloqboshi tumani hokimiyatida 2017 yil 5 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda “Nayman Mel” MChJning “Kimyoviy cho’ktirilgan bo’r” ishlab chiqarish zavodi loyihasi innovastion g’oyalar Respublika ko’rik tanlovining faxrli 1-o’rinni olganligi e’tirof etildi.

Prezidentimizning O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi qabul qilinganining 25 yilligi munosabati bilan hamda mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy salohiyatini va mudofaa qudratini yuksaltirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini ta’minlash, jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikni, millatlararo do’stlik va totuvlikni asrash, Asosiy Qonunimizning hayotimizdagi o’rni va ahamiyatini keng targ’ib etish, yosh avlodni qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo’shgan yurtdoshlarimiz qatorida jamiyat direktori A.Otaxonov «O’zbekiston Konstitustiyasiga 25 yil» esdalik nishoni bilan taqdirlandi.


Bizning maqsadimiz
"Xalq xo’jaligining yetakchi tarmoqlariga arzon va sifatli, import o’rnini bosuvchi xom-ashyo mahsulotlarini muntazam yetkazib berish. Import tovarlar o’rnini bosuvchi, raqobatbardosh, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va jahon bozorida munosib o’rin egallash. "

Ohirgi yangiliklar

  • Esdalik nishoni
    "O'zbekiston konstitusiyasiga 25 yil" esdalik nishoni
    Dekabr 05, 2017 Ko'proq
  • Press reliz
    "KCHB mahsuloti ishlab chiqaruvchi zavod"
    Oktyabr 23, 2017 Ko'proq
  • Prezident bilan uchrashuv
    "O'zbekiston respublikasi prezidentining tashrifi"
    Iyun 02, 2017 Ko'proq

Tashrif buyuring

Nayman mel
Buloqboshi tumani, Sarbontepa MFY,
Yuksalish ko’chasi
Telefon: (+99895) 202-30-60
Email: contact@naymanmel.com
Website: www.naymanmel.com

Tezkor ulanish
KCHB ning asosiy sohalari
 KCHB ning markalari
 Biz haqimizda
Biz bilan ulaning

© "Naymanmel" MCHJ 2017, Web dizayner: Kodirov Bahodir