KCHB markalari facebook telegram

KCHB haqida

Kimyoviy cho’ktirilgan bo’r (KChB) hozirgi dunyo sanoatida keng qo’llaniladigan xom ashyolardan biri hisoblanadi. Rezinotexnika va elektrotexnika, polimer sanoati, lok-bo’yoq va boshqa sanoat sohalarida ishlab chiqarishni oshirish uchun, avvalambor, ularning asosiy to’ldiruvchi komponenti hisoblangan KChB ni ishlab chiqarishni rivojlantirish muhim omil hisoblanadi.

KChB ni ishlab chiqarish nafaqat Respublikamizda balki Markaziy Osiyoda hali yo’lga qo’yilmagan. Bu mahsulotga ichki talab va qo’shni davlatlardagi ehtiyoj juda yuqori.

Bu mahsulotni ishlab chiqarish orqali bir necha milliy tovarlarimiz sifatini oshirishga hamda tannarxini sezilarli darajada tushirishga erishamiz.


Kalsiy karbonat



KO’RSATKICHLAR NOMI
BIRINCHI NAV ME’YOR KALSIY KARBONAT
OKP 21 6925 0330 LABORATORIYA
XULOSASI
1. Oqligi, %, kamida 93,0 96,0
2. Uglekisliy kalstiy va uglekisliy magniyning yalpi ulushi, %, kamida 98,5 98,5
3. Kalstiy okisini erkin zarrachalari umumiy hisobida, %, ko’p emas 0,03 0,03
4. Tuzli kislotada erimaydigan unsurlarning miqdori, %, ko’p emas shu jumladan,qumning yalpi ulushi, %, ko’p emas 0,1
0,014
0,09
0,013
5. Bo’lingan temir va alyuminiy yalpi miqdordagi ulushi, %, ko’p emas shu jumladan: temir moddasini yalpi miqdor -dagi ulushi Fe2O3 hisobida, %, ko’p emas 0,4
0,1
0,38
0,08
6. Marganest yalpi ulushi, %, ko’p emas 0,01 0,01
7. Misning yalpi ulushi, %, ko’p emas 0,0005 0,0005
8. Namlikning yalpi ulushi, %, ko’p emas 0,5 0,2
9. Elakdan o’tgandan keyingi setkada qoldig’i N 0045K GOST 6613-86 talabi, %, ko’p emas 0,4 0,3
10. Zichlik, (ml/g), kamida 2,5 3
11. Kimyoviy muhitda Ph 8,0-11,0 8,0-10,0
12. Kalstiy karbonat CaO va MgO ning umumiy ulushi CaO ga xisoblanganda, %, ko’p emas 95,0 95,0
13. CaCo3 ning aktiv massadagi umumiy ulushi %, kamida 90,0 -
14. Dop. absorbstiya (ml/100g), ko’p emas 31,0 -
Kimyoviy cho’ktirilgan bo’r ( Kalsiy karbonat) – murakkab ishlab chiqarish jarayoni natijasida olinadigan sintetik mahsulot xisoblanadi.
Kimyoviy cho’ktirilgan bo’r oxak suviga dioksid uglerodini cho’ktirish yo’li bilan (GOST 8253-79 talablariga asosan) xosil qilinadi.
Ishlab chiqarishning bu usuli boshqa yot aralashmalarsiz, toza karbonat kalsiy xosil qilinishi xamda bir xil o’lchamdagi va turdagi mayda zarralardan iboratliligi bilan o’ta noyob xisoblanib, tabiiy meldan keskin farq qiladi.

Tabiiy bo’r bilan solishtirganda, kimyoviy cho’ktirilgan bo’r quyidagi afzalliklarga ega:
• Mayinligi va bir xil o’lchamdagi birikmalarning yuqoriligi;
• Granulametrik bo’lakchalarni bir meyorda tarqalganligi yuqoriligi;
• Xususiyatining yo’qotishini pastligi;
• Yuzaki taqqoslashdagi farqi;
• Kimyoviy tozaligini o’ta yuqoriligi.

Ushbu mahsulot chidamliligi, uzoq muddatga ishlashi, pishiqligi, sifati, turli xarorat sharoitlarida jipslikni va elastiklikni oshirishi, qimmat turuvchi kauchukni va boshqa tarkib etuvchilarni o’rnini to’ldirishi, o’ta oqligi, mayda metall va yot zarralardan istisnoligi, elastikligi, engil yoyiluvchanligi, bir xil mikron o’lchamdan iboratligi bilan noyob xisoblanib, tejamkorligi bilan tabiiy meldan olti marotaba kam ishlatilishi orqali keskin farq qiladi.


Bizning maqsadimiz
"Xalq xo’jaligining yetakchi tarmoqlariga arzon va sifatli, import o’rnini bosuvchi xom-ashyo mahsulotlarini muntazam yetkazib berish. Import tovarlar o’rnini bosuvchi, raqobatbardosh, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va jahon bozorida munosib o’rin egallash. "

Ohirgi yangiliklar

  • Esdalik nishoni
    "O'zbekiston konstitusiyasiga 25 yil" esdalik nishoni
    Dekabr 05, 2017 Ko'proq
  • Press reliz
    "KCHB mahsuloti ishlab chiqaruvchi zavod"
    Oktyabr 23, 2017 Ko'proq
  • Prezident bilan uchrashuv
    "O'zbekiston respublikasi prezidentining tashrifi"
    Iyun 02, 2017 Ko'proq

Tashrif buyuring

Nayman mel
Buloqboshi tumani, Sarbontepa MFY,
Yuksalish ko’chasi
Telefon: (+99895) 202-30-60
Email: contact@naymanmel.com
Website: www.naymanmel.com

Tezkor ulanish
KCHB ning asosiy sohalari
 KCHB ning markalari
 Biz haqimizda
Biz bilan ulaning

© "Naymanmel" MCHJ 2017, Web dizayner: Kodirov Bahodir