KCHB markalari facebook telegram

KCHB haqida

Kimyoviy cho’ktirilgan bo’r (KChB) hozirgi dunyo sanoatida keng qo’llaniladigan xom ashyolardan biri hisoblanadi. Rezinotexnika va elektrotexnika, polimer sanoati, lok-bo’yoq va boshqa sanoat sohalarida ishlab chiqarishni oshirish uchun, avvalambor, ularning asosiy to’ldiruvchi komponenti hisoblangan KChB ni ishlab chiqarishni rivojlantirish muhim omil hisoblanadi.

KChB ni ishlab chiqarish nafaqat Respublikamizda balki Markaziy Osiyoda hali yo’lga qo’yilmagan. Bu mahsulotga ichki talab va qo’shni davlatlardagi ehtiyoj juda yuqori.

Bu mahsulotni ishlab chiqarish orqali bir necha milliy tovarlarimiz sifatini oshirishga hamda tannarxini sezilarli darajada tushirishga erishamiz.


Gidrofob kalsiy karbonat



KO’RSATKICHLAR NOMI
BIRINCHI NAV ME’YOR GIDROFOB KALSIY KARBONAT
OKP 21 6925 0330 LABORATORIYA
XULOSASI
1. Oqligi, %, kamida 93,0 95,0
2. Uglekisliy kalstiy va uglekisliy magniyning yalpi ulushi, %, kamida 98,5 98,5
3. Kalstiy okisini erkin zarrachalari umumiy hisobida, %, ko’p emas 0,03 0,03
4. Tuzli kislotada erimaydigan unsurlarning miqdori, %, ko’p emas shu jumladan,qumning yalpi ulushi, %, ko’p emas 0,1
0,014
0,09
0,013
5. Bo’lingan temir va alyuminiy yalpi miqdordagi ulushi, %, ko’p emas shu jumladan: temir moddasini yalpi miqdor -dagi ulushi Fe2O3 hisobida, %, ko’p emas 0,4
0,1
0,38
0,08
6. Marganest yalpi ulushi, %, ko’p emas 0,01 0,01
7. Misning yalpi ulushi, %, ko’p emas 0,0005 0,0005
8. Namlikning yalpi ulushi, %, ko’p emas 0,5 -
9. Elakdan o’tgandan keyingi setkada qoldig’i N 0045K GOST 6613-86 talabi, %, ko’p emas 0,4 0,2
10. Zichlik, (ml/g), kamida 2,5 -
11. Kimyoviy muhitda Ph 8,0-11,0 8,0-10,0
12. Kalstiy karbonat CaO va MgO ning umumiy ulushi CaO ga xisoblanganda, %, ko’p emas 95,0 95,0
13. CaCo3 ning aktiv massadagi umumiy ulushi %, kamida 90,0 96,0
14. Dop. absorbstiya (ml/100g), ko’p emas 31,0 30,0
Gidrofob kalsiy karbonat – kukun ko’rinishidagi oq modda hisoblanib, cho’kindi jinslarning maydalash yo’li bilan hosil qilinadi. Uni oddiy gidrofobizastiya yo’li bilan olinadi.
Gidrofobizastiya – bu kalsiy karbonatning mayda bo’lakchalarga maxsus yuza aktiv moddalarning (stearin kislotasi bilan) to’yintirish orqali olinadi.
Stearin kislotaning bo’r bo’lakchalariga biriktirish orqali mustahkam birikma hosil qilinadi.
Kislota bilan ishlov berilgan bo’r o’zining mayinligi va namga chidamlilik xossasini saqlab qoladi, ya’ni oddiy bo’r oz miqdordagi namlik tufayli mayinlik va mustahkamlik xususiyatini yo’qotadi.
Gidrofob nozik disperslangan bo’r PVX ishlab chiqarishda to’ldiruvchi sifatida foydalaniladi.
“Gidrofob kalsiy karbonati” PVX dan tayyorlanuvchi har xil qattiqlikdagi materiallarni ishlab chiqarishda (rom profillari, plastik trubalar, derazatokchalar va b.) foydalanadi. Qayta ishlangan bo’r, bu PVX materiallari uchun sifatli va asosiy to’yuntiruvchi modda hisoblanadi.

Uning asosiy afzalliklari:
• Buyumning tannarxini pasaytirishi;
• Bo’rning boshqa polimer buyumlarga oson singdirishi;
• Oqlik darajasini bir me’yorda ushlab turishi;
• Yuqori oquvchanligi va buyum buzilish darajasi kamaytirishi;
• Namga chidamlilik ta’sirini oshirilishi;
• Yuqori darajada (to) saqlab qolishi;
• Inson salomatligiga zarari yo’qligi;
• Ishlatish jarayonlarini osonlashtirishi.

“Gidrofob kalsiy karbonat”ning narxi oddiy kalsiy karbonatning narxidan yuqori hisoblanadi, lekin PVX dan tayyorlanadigan buyumlarni sifati va turini oshiradi.

Siz “Gidrofob kalsiy karbonat”ni qulay narxlarda sotib olishingiz mumkin, negaki, “Nayman mel” XSI MChJ har bir mijozga alohida yondashadi.


Bizning maqsadimiz
"Xalq xo’jaligining yetakchi tarmoqlariga arzon va sifatli, import o’rnini bosuvchi xom-ashyo mahsulotlarini muntazam yetkazib berish. Import tovarlar o’rnini bosuvchi, raqobatbardosh, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va jahon bozorida munosib o’rin egallash. "

Ohirgi yangiliklar

  • Esdalik nishoni
    "O'zbekiston konstitusiyasiga 25 yil" esdalik nishoni
    Dekabr 05, 2017 Ko'proq
  • Press reliz
    "KCHB mahsuloti ishlab chiqaruvchi zavod"
    Oktyabr 23, 2017 Ko'proq
  • Prezident bilan uchrashuv
    "O'zbekiston respublikasi prezidentining tashrifi"
    Iyun 02, 2017 Ko'proq

Tashrif buyuring

Nayman mel
Buloqboshi tumani, Sarbontepa MFY,
Yuksalish ko’chasi
Telefon: (+99895) 202-30-60
Email: contact@naymanmel.com
Website: www.naymanmel.com

Tezkor ulanish
KCHB ning asosiy sohalari
 KCHB ning markalari
 Biz haqimizda
Biz bilan ulaning

© "Naymanmel" MCHJ 2017, Web dizayner: Kodirov Bahodir