Kimyoviy cho'ktirilgan bo'r facebook telegram

KCHB haqida

Kimyoviy cho’ktirilgan bo’r (KChB) hozirgi dunyo sanoatida keng qo’llaniladigan xom ashyolardan biri hisoblanadi. Rezinotexnika va elektrotexnika, polimer sanoati, lok-bo’yoq va boshqa sanoat sohalarida ishlab chiqarishni oshirish uchun, avvalambor, ularning asosiy to’ldiruvchi komponenti hisoblangan KChB ni ishlab chiqarishni rivojlantirish muhim omil hisoblanadi.

KChB ni ishlab chiqarish nafaqat Respublikamizda balki Markaziy Osiyoda hali yo’lga qo’yilmagan. Bu mahsulotga ichki talab va qo’shni davlatlardagi ehtiyoj juda yuqori.

Bu mahsulotni ishlab chiqarish orqali bir necha milliy tovarlarimiz sifatini oshirishga hamda tannarxini sezilarli darajada tushirishga erishamiz.


Kimyoviy cho'ktirilgan bo'r (KCHB)

Ixtironing mohiyati: ixtiro kimyoviy cho’ktirilgan bo’rni hosil qilish usuliga oid va tarkibida kalstiy moddasi bor eritma va sodali ishlab chiqarish chiqindilariga ega bo’lgan korxonalarda ishlatilishi mumkin. Ixtironing mohiyati quyida aks ettirilgan. Tarkibida kalstiy bor eritma – sodali ishlab chiqarish distiller suyuqligini vazni tortilgan aralashmalardan ajratiladi. Shundan so’ng uni Sa (kalstiy) ionining stexiometrik zarur miqdoridan 2-20%dan ortiqcha mavjudligida natriy oksidining konstentrastiyasi 120/dm3dan kam bo’lmagan sodali eritma bilan qayta ishlab, shundan so’ng chukindisini ajratiladi, yuviladi va quritiladi. Moddali eritma bilan qayta ishlash ishlarini 20-60 oC xaroratda o’tkaziladi, sodali eritma sifatida esa sodali ishlab chiqarishning chiqindilari – supurindilar va/yoki soda tashuvchilarni yuvilishidan qolgan eritmalardan foydalaniladi. Ixtiroga ko’ra bo’rning oppoqligi 95%gacha oshadi, erkin ishqorlilik kalstiy oksidiga nisbatan xisoblanganda 0, 01% ga, shuningdek jipsligi 0,18 – 0,20 g/sm3 pasayadi.

Patentning raqami: 2171227. Patent sinflari: S01F11/18. Buyurtma raqami: 2000104793/12 Buyurtma berilish sanasi: 25.02.2000. Chop etilish sanasi: 27.07.2001 Buyurtma beruvchi “Bereznikovskiy soda zavodi” OAJ. Mualliflar: Belkin A.V., Falkovskiy N.N., Ilatovskiy I.Yu. Patent ushlovchi: “Bereznikovskiy soda zavodi” OAJ.

Ixtironing ta’rifi: ixtiro kimyoviy qo’shilmalar xosil qilish usullariga oid va soda, soda maxsulotlarini va tarkibida kalstiy xloridi eritmasi bor qo’shimcha maxsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlatilishi mumkin.

Kimyoviy cho’ktirilgan bo’rni xosil qilish usuli ma’lum. Usul quyidagidan iborat, karbonad angidrid oqimi 5-130 oS, eritma konstentrastiyasi 0,1 – 0,75 mol/l, SO2 ning sarfi 2-30 l/l va aralashtiruvchining o’z o’qi atrofida aylanish tezligi 2000 - 8000 ob/min bo’lgan holatda gidroksid kalstiyning eritmasini tinmay qayta ishlanadi. Cho’kindi ajratib olinadi, 1 yoki bir necha marta yuviladi va quritiladi. Cho’kindi xosil bo’lishidan avval yoki undan keyin kristallar o’sishining oldini oluvchi moddalar qo’shiladi: uglerodning 3 -12 atomlari bilan karbon kislotalar tuzlari SOONning 2 guruxi yoki ONning 2 guruxi bilan (limon, sharob, malein kislotasi yoki ularning ammoniyli tuzlari). Buyurtma 19643657 Germaniya, Chop etilish sanasi 30.04.1997 y. Bu usulning kamchiliklari – jarayonni bajarishning qat’iy sharoitlari va maxsus reagentlar ishlatilishining zarurligi. Bundan tashqari bu usul bilan olingan bo’r sezilarli darajada baland ishqoriyligiga ega. Bu esa uni ishlatish doirasini chegaralab qo’yadi.

Bo’rning o’z ishlab chiqarishlarida iste’molchisi bo’lgan asosiy tarmoqlar, quyidagilar:
• qog’oz-stellyuloza sanoati
• lok-bo’yoq sanoati
• rezina texnika sanoati
• plastikat, linoleum, PVX va xokazolarni o’z ichiga olgan holdagi plastmassa qayta ishlash sanoati
• kabel sanoati
• qurilish materiallarini ishlab chiqarish

Kalstit/kalstiy karbonati, kimyoviy cho’ktirilgan bo’r Uch xil savdo markasi Nigkal, Normkal, Gurcarb (65, 95) 2 va 3 mikronligi quyidagi ishlab chiqarishlarda tavsiya etiladi: erituvchisiz kukunli bo’yoqlar; ichki va tashqi ishlatish uchun suvda eruvchan bo’yoqlar; moyli bo’yoqlar; tipografiya bo’yoqlari; pentaftal emallar (cho’kindini tushishib ketishini oldini olish uchun 1% soya glisterini yoki betonit qo’shish tavsiya etiladi); shpatlyovka, zamazkalar; turli xil elimlar; jipslashtiruvchi aralashmalar; rezina; dag’al PVX. 5 mikronligi quyidagilarni ishlab chiqarishda ishlatish uchun tavsiya etiladi: ichki va tashqi ishlatish uchun suvda eruvchan bo’yoqlar; alkid (moyli), turli erituvchilar bilan birga sintetik saqichlar; poliester asosli shpatlyovka va zamazkalar; turli xil elimlar; jipslashgan va teksturalangan oboylar; jipslashtiruvchi aralashmalar. 20 mikronligi quyidagilarni ishlab chiqarishda ishlatish uchun tavsiya etiladi: suvsimon shpatlyovkalar va suvoqlar (shtukaturkalar); bo’yolar ishlab chiqarilishida (odatda ancha yumshoq frakstiyalardagi Normcal bilan omuxtalangan). 40 mikronligi quyidagilarni ishlab chiqarishda ishlatish uchun tavsiya etiladi: suvsimon shpatlyovkalar va suvoqlar (shtukaturkalar).

Nozik dispersli bo’rni ist’mol qiluvchi tarmoqlarning ko’pchiligida, oxirgi yillar ichida maxsulot ishlab chiqarilishining turg’un o’sishi kuzatib kelinmoqda.(Lok bo’yoq materiallari, shisha, qog’oz, sintetik yuvuvchi vositalar, sopol, polimerlar va x.k.) Qulayliklni tug’diruvchi omil bo’lib maydalangan va disperslangan bo’rni ist’emol qiluvchi qurilish materiallarini ishlab chiqarishning o’sishi namoyon bo’ladi.

Nozik dispersli bo’rni ist’mol qiluvchi doiraning asosini plastmassa ishlab chiqarish sanoati tashkil qiladi – jami iste’molning 55% (poliolefin, PVX, termoreaktoplastlar). Bo’rning ist’emolchilik yo’naltirilganligi - plastmassalar tarkibida oqartuv ishlarining sayqallashida; zarbada buzilishga qarshilikni oshirishda; issiqlik yutuvchi sifatidagi xarakati va qayta ishlanishida; polimerizastiya qurilmalarida ekzotermik reakstiyalarni muvofiqlashtirilishida; tannarxning pasayishida.

Rezina ishlab chiqarishda bo’r eskiruvchanlikni oshirish, turli xarorat sharoitlarida jipslikni va elastiklikni oshirish, qimmat turuvchi kauchukni va boshqalar tarkib etuvchilarni tejash uchun ishlatiladi. Bo’r ayniqsa polivinilxlorid (PVX) asosida kompozistion materiallar tarkibida ishlatiladi. Kabel va oyoq kiyimi plastikatlarida bo’rni salmoqli konstentrastiyada ishlatiladi. Uni kabel atrofi qismini ishlab chiqarishda albatta ishlatiladi – 50 massa, qism va 100 massadan ko’p, PVX qismlarida, tayyor maxsulotning 25% -30% ni tashkil qilgan xolda ishlatiladi.

Bo’r shu bilan birga dag’al PVX materitallarida profil-pogonaj buyumlar – “vagonka”, deraza profillari, trubalar va x.k. ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bunday buyumlarda bo’rning tarkibi – 5% - 20%/ Bo’rning PVX uchun to’ldiruvchi sifatidagi asosiy xususiyatlari: oq rang (78%-96%), yuqori tabiiy disperslik, qismlarining dumaloq formalari, nisbiy past gigroskopiklik, past abrazivlik.


Bizning maqsadimiz
"Xalq xo’jaligining yetakchi tarmoqlariga arzon va sifatli, import o’rnini bosuvchi xom-ashyo mahsulotlarini muntazam yetkazib berish. Import tovarlar o’rnini bosuvchi, raqobatbardosh, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va jahon bozorida munosib o’rin egallash. "

Ohirgi yangiliklar

  • Esdalik nishoni
    "O'zbekiston konstitusiyasiga 25 yil" esdalik nishoni
    Dekabr 05, 2017 Ko'proq
  • Press reliz
    "KCHB mahsuloti ishlab chiqaruvchi zavod"
    Oktyabr 23, 2017 Ko'proq
  • Prezident bilan uchrashuv
    "O'zbekiston respublikasi prezidentining tashrifi"
    Iyun 02, 2017 Ko'proq

Tashrif buyuring

Nayman mel
Buloqboshi tumani, Sarbontepa MFY,
Yuksalish ko’chasi
Telefon: (+99895) 202-30-60
Email: contact@naymanmel.com
Website: www.naymanmel.com

Tezkor ulanish
KCHB ning asosiy sohalari
 KCHB ning markalari
 Biz haqimizda
Biz bilan ulaning

© "Naymanmel" MCHJ 2017, Web dizayner: Kodirov Bahodir