Kimyoviy cho'ktirilgan bo'r (KCHB) hozirgi dunyo sanoatida keng qo'llaniladigan xom ashyolardan biri hisoblanadi. Rezinotexnika va elektrotexnika, polimer sanoati, lok-bo'yoq va boshqa sanoat sohalarida ishlab chiqarishni oshirish uchun, avvalambor, ularning asosiy to'ldiruvchi komponenti hisoblangan KCHB ni ishlab chiqarishni rivojlantirish muhim omil hisoblanadi.